Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampga impichment e’lon qilindi

Trampga impichment e’lon qilindi

Foto: «RIA Novosti»

Donald Tramp AQSh prezidentlari orasida impichment e’lon qilingan uchinchi prezident bo‘ldi. Tramp prezidentlik vakolatlarini davom ettirish-ettirmasligi Senat kelasi yilning yanvarida qabul qiladigan qarorga bog‘liq.

Kongressda ikki ovoz berish jarayoni o‘tkazilgan. Har birida taqdim etilgan ayblovlar ko‘rib chiqilgan.

O‘z vakolatlarini suiiste’mol qilganligi haqida ayblov 230 ovoz olgan. 197 ovoz bunga qarshi bo‘lgan.

Kongress ishiga to‘sqinlik qilish ayblovi 229 ovoz olgan bo‘lsa, 198 kishi qarshi chiqqan.

Impichment e’lon qilish uchun ikki ayblov moddalaridan biri 216 ovoz to‘plashi yetarli bo‘ladi.

Ammo ushbu ovoz berish natijalari Tramp o‘z lavozimini tark etishga majburligini anglatmaydi. Shuningdek, u navbatdagi saylovlarda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Trampning o‘zi esa impichment jarayoni doirasidagi keyingi qadamlarga tayyorligini va senatda to‘liq oqlanishiga ishonchi komilligini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring