Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni oshmoqda. Qardosh mamlakat vaboni yenga oladimi?

Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni oshmoqda. Qardosh mamlakat vaboni yenga oladimi?

Foto: Turkiya Prezidenti huzuridagi Matbuot va kommunikatsiya boshqarmasi

Rasmiy Anqara koronavirus ofatini yengishga qodir, deb hisoblaydi Turkiya prezidenti huzuridagi Matbuot va kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Faxriddin Altun.

Professor F.Altun SOVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashga bag‘ishlangan videokonferensiyada Turkiyada amalga oshirilayotgan ishlar, umuman, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi holati xususida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi 18 yil mobaynida Turkiyada shifolar soni 1156 nafardan 1518 nafarga ko‘paygan bo‘lsa, kelgusida karantin uchun foydalanish mumkin bo‘lgan bir kishilik xonalar soni 18934 tadan 91949 taga yetdi. Shuningdek, reanimatsiya bo‘limidagi yotoqlar soni 33 barobarga ortdi: 2214 tadan 65455 taga ko‘paydi.

Mamlakatda tibbiyot xodimlari sonini oshirishga ham e’tibor qaratilmoqda. 2002-yildan beri sohaga kiritilgan sarmoya natijasida vrachlar soni 91949 nafardan 161279 nafarga, hamshiralar soni 72393 nafardan 198517 nafarga oshirildi. Umuman olganda, 2002 yilda umumiy tibbiyot xodimlarining soni 294587 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda ular safi 1 million nafargacha kengaydi.

F.Altunning ma’lum qilishicha, koronavirus epidemiyasi paydo bo‘lgan ilk onlardanoq Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tezkor markaz tashkil etildi. Jarayonni soha mutaxassislari tavsiyalariga tayangan holda shaxsan mamlakat prezidenti nazorat qilmoqda.

Rivojlangan texnologiyalarga ega Turkiya o‘pkaning sun’iy ventilyasiya apparatini o‘zi ishlab chiqaradi. Mamlakatda ushbu jihoz yetishmovchiligi yo‘q. Shu bois ham Turkiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni ko‘p bo‘lsa-da, o‘lim holati boshqa davlatlarga nisbatan ancha kam.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tibbiyot niqoblarini sotishni taqiqladi. Sog‘liqni saqlash va transport vazirliklari 20-65 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga niqobni bepul tarqatmoqda.

Turkiya garchi o‘zi pandemiya bilan jiddiy kurashayotgan bo‘lsa-da, Shimoliy Kipr turk respublikasi, Xitoy, Ispaniya, Italiya, Vengriya kabi 30 dan ortiq mamlakatga insonparvarlik yordami jo‘natdi.

Professor Faxriddin Altunga ko‘ra, tarixda juda ko‘plab og‘ir sinovlarni mardonavor yengib o‘tgan Turkiya xalqi bir tanu bir jon bo‘lib, ko‘rinmas dushman – koronavirus ofatidan ham eson-omon chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 42282 nafar, undan sog‘ayganlar soni esa 2142 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakat bo‘yicha 908 ta o‘lim holati qayd etilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring