Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyaning zilzila hududlarida noxush kasallik avj oldi

Turkiyaning zilzila hududlarida noxush kasallik avj oldi

Turkiya janubi sharqidagi zilzila hali ko‘p muammolarni keltirib chiqarishi oldindan ma’lum edi, deb yozadi tadqiqotchi E.Abdulahatov.

Landshaftlarning o‘zgarishi, ko‘chkilar tog‘larda daryo jilg‘a va hatto soy yo‘nalishlarini o‘zgartirib, keyinroq asosiy daryolarda suv kamayishi, aksincha uzoq davom etgan qurg‘oqchilik ortidan, jala yog‘inlar oqibatlari halokatli bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Undan tashqari, kuchli zilzila ro‘y bergan Qahramanmarashda aholi orasida nerv asab tizimining nofaolligi bilan bog‘liq ekzema teri kasalligi ham avj ola boshlagan. Zilziladan vayron bo‘lgan binolardan ko‘tarilgan chang va mayda zarrachalar ekzema teri kasalligini kuchaytirmoqda.

Bu erkaklardan ko‘ra ayollarda ko‘proq uchramoqda. Chunki, ular erkaklarga nisbatan har bir kichik aftershok va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar ta’sirida ko‘proq stress holatiga tushishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring