Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada noxush holat qayd etildi

Turkiyada noxush holat qayd etildi

Foto: «Middleeasteye.net»

Chorshanba kuni Turkiyada koronavirusdan o‘limning kunlik o‘sishi 290 tani tashkil etdi — bu 6-maydan buyon eng yuqori ko‘rsatkichdir, deya xabar beradi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

16-aprelda Turkiyada kasallanishning kunlik o‘sishi pandemiya boshlanganidan beri maksimal darajani ko‘rsatdi — 63,082 ta holat. Shundan so‘ng u asta-sekin pasaya boshladi. Iyun oyida va iyul oyining birinchi yarmida 5-7 mingta holatda barqarorlashdi, lekin iyul o‘rtalariga kelib yana o‘sa boshladi. Turkiyada koronavirusdan vafot etganlarning eng ko‘p soni 30-aprel kuni qayd etildi — 394 ta.

«Bugun 302,869 ta test o‘tkazildi, 23,946 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi, 290 kishi vafot etdi», — deyiladi xabarda.

Turkiya yanvar oyida Xitoyning Sinovac Biotech kompaniyasiga qarashli CoronaVac preparati bilan koronavirusga qarshi vaksinatsiyani boshladi; mart oyidan boshlab mamlakatda Pfizer/BioNTech vaksinasi ham qo‘llanilmoqda. Aprel oyining oxirida Rossiyaning «Sputnika V» vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi.

Turkiya Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini 48 million, ikki dozasini 37 milliondan ortiq fuqaro olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring