Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi suv toshqinlari 5 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bedarak yo‘qolganlar ham bor

Turkiyadagi suv toshqinlari 5 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bedarak yo‘qolganlar ham bor

Bir muddat oldin Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlari ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel hodisasi kuzatilayotgani haqida xabar qilingan edi.

Adiyaman viloyati rahbari Xatipo‘g‘li suv toshqini sabab 1 kishi halok bo‘lgani, shuningdek, 4 kishi bedarak yo‘qolgani haqida ma’lum qildi.

«4 kishi halok bo‘ldi. Qutqarilishini kutayotganlar bor. Vertolyotda olib ketilishi kerak bo‘lganlar bor. Qo‘shimcha kuchlarni jalb qilganmiz. Yo‘qotishlar soni ortishidan xavotirdamiz. Joylarda g‘avvoslarimiz ishlayapti», – deydi Shanliurfa gubernatori Solix Ayxan.

Mamlakat Tabiiy ofat va favqulodda holatlarni boshqarish departamenti (AFAD) Shanliurfa, Mardin, Gaziantep, Kilis va Qahramonmarash viloyatlaridagi yog‘ingarchilik ertaga qadar davom etishini prognoz qildi.

O‘z navbatida mamlakat prezidenti Erdog‘an ham chiqish qilib, joylarda mutasaddi shaxslar va tashkilotlar ish olib borayotganini bildirdi va tabiiy ofatdan jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring