Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkmaniston hududidan tranzit yuk olib o‘tmoqchimisiz? Diqqat, yangi tartib joriy etilmoqda

Turkmaniston hududidan tranzit yuk olib o‘tmoqchimisiz? Diqqat, yangi tartib joriy etilmoqda

Foto: Google.com

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab, Turkmaniston Respublikasida ushbu mamlakat hududidan tranzit tarzida o‘tuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari bo‘yicha yangi tartiblar joriy qilinmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xayubar berib o‘tdi.

2019 yilning 1 sentyabridan boshlab, ushbu mamlakat hududidan tranzit tarzida o‘tuvchi tovarlar haqida quyidagi ma’lumotlar taqdim etilmaganda, Turkmaniston bojxona xizmati tomonidan tovarlar tranziti uchun rusxatnomalar berilmaydi.

— yuklarni yuboruvchi va qabul qiluvchining nomi va joylashgan manzili;
— tovarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi mamlakat nomi;
— tovarlarni tashuvchining yoki ekspeditorning (ruxsatnomani ekspeditor olganda) nomi va joylashgan manzili;
— transport vositasi va uning haydovchisi;
— tovarlarning shakli, nomlanishi, miqdori va qiymati;
— tovarlarning vazni va hajmi;
— tovarlarni kodlash va nomlashning uyg‘unlashtirilgan tizimi bo‘yicha tasniflangan kodi (TIF TN);
— yuk o‘rinlarining umumiy soni;
— tovarlar yo‘llangan manzil;
— yo‘ldagi yuk operatsiyalari (tushirish, ortish, qayta yuklash va hk..);
— tovarlarni tashish muddati va harakatlanish yo‘nalishi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring