Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkmaniston O‘zbekiston rahbariyatining konstitutsiyaviy tuzumni saqlash borasidagi choralarini qo‘llab-quvvatladi

Turkmaniston O‘zbekiston rahbariyatining konstitutsiyaviy tuzumni saqlash borasidagi choralarini qo‘llab-quvvatladi

Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan so‘nggi hodisalar yuzasidan bayonot berdi.

«Turkmaniston tomoni O‘zbekiston rahbariyatining mamlakatda konstitutsiyaviy tuzum va huquq-tartibot, aholi xavfsizligi va osoyishtaligini muhofaza etish yo‘lidagi tezkor hamda qat’iy choralarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ishonchimiz komilki, ko‘p asrlik xalq donishmandligi, tajriba va uzoqni ko‘ra bilish salohiyati vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengib o‘tib, O‘zbekiston Respublikasining izchil va jadal taraqqiyoti, davlat va jamoat institutlari barqarorligini ta’minashlashga xizmat qiladi», – deyiladi rasmiy Ashxobod bayonotida.

Turkmaniston qardoshlik, do‘stlik va qo‘shnichilik rishtalari bilan bog‘langan O‘zbekistonga zaruriy ko‘makka tayyorligini ham bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, YeI, Xitoy, AQSh, Rossiya rahbariyati hamda tashqi ishlar vazirliklari Qoraqalpog‘istondagi vaziyat yuzasidan munosabat bildirib, O‘zbekistonning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring