Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina sobiq muxolifatchini Rossiyaga topshirdi

Ukraina sobiq muxolifatchini Rossiyaga topshirdi

Rasmiy Kiyev Rossiya bilan mahbuslar almashinuvini e’lon qildi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ayirboshlash doirasida Rossiyaga 50 mahbus, jumladan biznesmen va sobiq muxolifatchi Viktor Medvedchuk topshirilgan.

Tan olinmagan DXR rasmiylariga ko‘ra, ozod etilganlar orasida rossiyalik harbiy uchuvchilar ham bor. Ukrainaga 215 kishi berildi, ular Mariupol shahri qamalida qattiq qarshilik ko‘rsatgan «Azov» tashkiloti qo‘mondonlari Denis Prokopenko va Svyatoslav Palamar bor.

Eslatib o‘tamiz, Medvedchuk aprel oyida qo‘lga olingandi. So‘ngra u Rossiya rahbariyatiga murojaat yo‘llab, o‘zini ukrainalik asirlarga almashtirishni so‘ragandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring