Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Urgutda 20 tonnalik yuk mashinasi yonib ketdi, jabrlangan bor

Urgutda 20 tonnalik yuk mashinasi yonib ketdi, jabrlangan bor

Bugun, 10-aprel kuni Samarqand viloyati FVBga Urgut tumanida joylashgan «Qorabuloq» MFY hududidagi gaz quyish shoxobchasi hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi.

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bergan. 

Aytilishicha, yonilg‘i sig‘imi 20 tonna bo‘lgan yuk mashinasi yonib ketgan. Zudlik bilan voqea joyiga FVV viloyat boshqarmasining 4 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelgan. 

Hodisa oqibatida bir kishi jarohat oldi. U yaqin tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring