Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ushbu haftadan havo harorati yana oshmoqda

Ushbu haftadan havo harorati yana oshmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda 20-23-avgust kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 20-22-avgust kunlari 32-37, 23-avgustda 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lsada, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22, kunduzi 20-22-avgustda 33-38, 23-avgustda 31-36 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqanda, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 20-22-avgustda 32-37, 23-avgustda 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Yurtimizning janubi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22, kunduzi 20-22-avgustda 33-38, 23-avgustda 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lsada, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 20-22-avgustda 30-35, 23-avgustda 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring