Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors: «Barcha rang va komplektatsiyalarga shartnoma bor. Tovlamachilardan extiyot bo‘ling»

UzAuto Motors: «Barcha rang va komplektatsiyalarga shartnoma bor. Tovlamachilardan extiyot bo‘ling»

Foto: Xabar.uz

UzAuto Motors kompaniyasi o‘z mahsulotlarini xaridorlarga yetkazib berishda tovlamachilik holatlari ro‘y berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

«Hurmatli xaridorlar!

Sizga ayni damda rasmiy dilerlarda savdoda UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning barcha rang va komplektatsiyalariga shartnomalar mavjudligini ma’lum qilamiz. Agarda Siz avtomobil xaridi jarayonida u yoki bu modeldagi avtomobil uchun shartnoma yo‘qligi, yetkazib berilish muddatining uzoqligi kabi vajlar bilan qo‘shimcha pul mablag‘larini talab qilish holatlariga duch kelsangiz UzAuto Motors kompaniyasining ishonch telefonlariga 78 141-77-77 raqamlari orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Kompaniya bu kabi tovlamachilik va boshqa korrupsion harakatlarning oldini olish va avtomobillar savdosida shaffoflikni ta’minlash maqsadida «Uzavtosavdo» mobil ilovasini ishga tushirgan. Agarda ilovada zarur avtomobil yo‘q bo‘lsa, buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil zavodiga yuboriladi. Mazkur ilova orqali xaridor o‘zi istagan avtomobilning rangi va rusumini tanlab unga shartnoma olishi mumkin. «Uzavtosavdo» ilovasi xaridorga barcha jarayonlarni boshidanoq nazorat qilish, o‘z navbati va avtomobilni olish sanasini bilib borish imkonini yaratmoqda.

Ogoh bo‘ling!» — deyiladi bayonotda.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring