Volgograd aholisi «Stalingrad»ga qarshi ovoz berdi

Rossiyaning Volgograd shahri aholisi shahar nomini o‘zgartirishga o‘z munosabatini bildirdi.
Russian Field so‘roviga ko‘ra, fuqarolarning 70 foizi nom o‘zgarishini qo‘llab-quvvatlamaydi.
«Agar hukumat viloyat markazi nomini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan bo‘lsa, unda aholining 70 foizi buni qo‘llab-quvvatlamaydi», — deyiladi tadqiqotda.
Shahar nomini o‘zgartirishni shahar aholisining 25 foizi qo‘llagan, yana 5 foizi javob berishga qiynalgan.
Shahar nomini o‘zgartirish g‘oyasi 60 yoshdan oshgan fuqarolar orasida ko‘p qo‘llab-quvvatlandi, ularning 44 foizi ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi.
18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning 17 foizi shahar nomini Stalingradga o‘zgartirish tarafdori, 76 foizi esa qarshi.
Jami respondentlarning 74 foizi Volgograd nomini, 18 foizi Stalingradni, yana 5 foizi Saritsinni afzal ko‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter