Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Voyaga yetmagan qizga tegajoqlik qilgan shaxs qo‘lga olindi — IIBB

Voyaga yetmagan qizga tegajoqlik qilgan shaxs qo‘lga olindi — IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qizga noma’lum shaxs tegajog‘lik qilgani aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Aniqlanishicha, joriy yilning 19-aprel kuni taxminan soat 12.50 larda 2005-yilda tug‘ilgan Z.B. Mirobod tumani, Inoqobod ko‘chasida uyiga qaytayotgan vaqtida orqasidan 1997-yilda tug‘ilgan Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi Ozod O. kelib, quchoqlab, yuzidan o‘pib qo‘yib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Ozod O. ushlangan.

Tekshiruv jarayonida Ozod O. tomonidan Z.B.ning hech qanday buyumlari olib qo‘yilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring