Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Worldskills — qanday musobaqa? O‘zbekiston unda ishtirok etishi kerakmi? (video)

Avgust oyining oxirgi o‘n kunligida Tatariston poytaxti Qozon shahrida WorldSkills Kazan 2019 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. O‘z kasbining professionallari, hunarmandlar, dasturchilar va IT mutaxassislari o‘rtasida kechadigan jahon chempionati har ikki yilda o‘tkazib turiladi va juda ommalashib bormoqda. O‘zbekiston ham WorldSkills harakatiga qo‘shilish arafasida. Bu bizga nima beradi?

Eng avvalo yurtimizdagi qo‘li gul usta va hunarmandlar, iqtidorli dasturchilar hamda yosh olimlarimizning kashfiyotini dunyoga ko‘z-ko‘z qilish imkonini beradi. O‘zbekiston so‘nggi yillarda sayyohlik salohiyatini oshirishga intilmoqda. WorldSkills darajasidagi musobaqa esa yurtimiz nomini yana-da yoyish uchun yaxshi bir imkoniyatdir. Eng muhimi — yoshlarimiz so‘nggi texnologik yutuqlar bilan tanishib borishi va o‘zlashtirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqani kuzatib bordi va Xabar.uz bilan bo‘lgan suhbatda bu boradagi taassurotlarini so‘zlab berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring