Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki raisi Sirdaryo va Toshkent viloyati fuqarolari bilan uchrashdi

Xalq banki raisi Sirdaryo va Toshkent viloyati fuqarolari bilan uchrashdi

Foto: Xalq banki matbuot xizmati

Toshkent viloyati Chinoz tumanida Xalq banki boshqaruv raisi ishtirokida o‘tgan sayyor qabulda hududdagi jismoniy va yuridik shaxslarning bir qator yechimini kutayotgan muammolari bartaraf etildi. Bu haqda bank matubot xizmati xabar berdi. 

Jumladan, Xalq banki mijozi «Suyunov Xojiddin» YaTTga yillik 28 foiz ustama haq to‘lash sharti bilan 150 mln. so‘m kredit mablag‘i ajratib berish to‘g‘risidagi murojaati ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

Xalq banki Do‘stobod filiali mijozi XK «Yusupov Faxriddin» poyafzal va tikuvchilikni rivojlantirish uchun 200 kishidan iborat ishchi o‘rni yaratish maqsadida 3 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratilishida amaliy yordam so‘radi. Mijozga ushbu masala tez kunlarda ijobiy hal etilishi tushuntirildi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati Xovos tumanida ham Boshqaruv Raisi ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolarning murojaatlari va muammolari tinglandi.

Xususan, YaTT «Ibodullayeva Salima»ga Xalq bankining yangi qurilayotgan zamonaviy binosining 3-qavatidan o‘quv markazini ochish, unda tikuvchilik, to‘quvchilik, pazandachilik faoliyatlarini tashkil etib, ijara to‘lovisiz bepul foydalanish uchun beriladigan bo‘ldi.

– «Har bir oila – tadbirkor»  dasturi bo‘yicha Xalq bankidan kredit ajratishlarini so‘radim. Bank rahbariyati murojaatimni ijobiy hal qilib beradigan bo‘lishdi. Ularning yordami bilan endi oilaviy biznesimni boshlayman, – deydi fuqaro Doniyor To‘raqulov.

Xovos filiali mijozi To‘raqulov Doniyorga «Har bir oila – tadbirkor» davlat dasturi asosida tovar va xizmatlar yetkazib berilgandan so‘ng, 30 mln. so‘m 8 foizli imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi. Xovos tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (I.Maxmudov) ta’minotchi korxona bilan birgalikda ushbu murojaatga mas’ul etib belgilandi.

Xalq banki rahbariyati bilan sayyor qabullar joylarda davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring