Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro turizm markazining «Boqiy shahar majmuasi»ga fotosayohat

Xalqaro turizm markazining «Boqiy shahar majmuasi»ga fotosayohat

Foto: Xabar.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketgani haqida xabar bergandik.

Davlat rahbari tashrif doirasida viloyatdagi bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishishi kutilmoqda.

Albatta, bugungi asosiy tashrif manzili Samarqand tumani hududida joylashgan Xalqaro turizm markazining «Boqiy shahar majmuasi» bo‘ladi.

Umumiy maydoni 7 gektarga teng ushbu majmua «Samarkand Touristic Centre» MChJ buyurtmasi asosida bunyod etilgan.

Qabul qilish quvvati: 1 000 kishi.

Hududida:

  • 1 ta galereya va qadimiy sharqona bozor bor.

Hunarmandchilik ustaxonalari:

  • 14 ta, ulardagi rastalar soni — 36 ta.

Shundan:

- kulolchilik ustaxonasi — 3 ta;

- temirchilik ustaxonasi — 2 ta;

- Samarqand qog‘ozi tayyorlash ustaxonasi — 1 ta;

- ipak gilamlari to‘qish sexi — 3 ta;

- zargarlik ustaxonasi — 3 ta;

- yog‘och o‘ymakorligi ustaxonasi — 2 ta.

Milliy taomlar restorani: 2 ta.

«Boqiy shahar» tarixiy majmuasida rassomlik, amaliy san’at, zardo‘zlik yo‘nalishlarida milliy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi choyxonalar, shirinliklar savdo shoxobchalari, Chorsu sharq bozori, milliy kiyimlar galereyasi, savdo, kutubxona, qo‘g‘irchoq teatri va shaxmat maktabi joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring