Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xalqimizda «snos» degan mashhur muammo bor» — prezident

«Xalqimizda «snos» degan mashhur muammo bor» — prezident

Foto: Xabar.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kelib tushgan takliflar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida mashhur muammolardan biriga to‘xtalib o‘tdi.

«Xalqimiz orasida «snos» degan nom bilan mashhur bo‘lgan muammo bor. Bunday holatga but́unlay barham berish uchun uy-joy bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolatni belgilab qo‘yish lozim. Ya’ni, sudning qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak. Imorat buzilishga tushadigan bo‘lsa, buning uchun buzishdan oldin uning qiymatiga mos ravishda kompensatsiya to‘lanishi shart», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari shuningdek uy-joyga yoki shaxsning boshqa mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish, ularni ko‘zdan kechirish va tintuv o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan holat va tartibda yo‘l qo‘yilishi Konstitutsiyada qat’iy belgilash darkorligini ta’kidlab o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring