Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xasta otasiga qaramagan erkak 15 oyga qamaldi — Xitoy

Xasta otasiga qaramagan erkak 15 oyga qamaldi — Xitoy

Foto: Shanghai Court

Xitoyda 45 yoshli erkak xasta otasiga qaramagani uchun 15 oyga qamaldi, deb yozadi Asia One.

Mahalliy matbuotga ko‘ra, shanxaylik erkak qandli diabet va boshqa surunkali kasalliklarga chalingan keksa otasi sog‘lig‘iga e’tibor qaratmagan. Pensioner zarur yordam ololmay, 74 yoshida vafot etdi.

Bundan tashqari, ayblanuvchi Vang dafn marosimini ham uyushtirmadi, otning jasadini kvartirada qarovsiz qolib ketgan. Noxush hiddan qo‘shnilar politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgandagina, xodimlar eshikni ochishgan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, nafaqaxo‘r umrining so‘nggi olti kunida gapira olmagan va yura olmagan.

Ushbu voqea Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Erkakning qilmishi keskin qoralanib, unga yengil jazo berilgani haqida ko‘p yozildi. Ayrim foydalanuvchilarning fikricha, o‘g‘ilning bu harakati qotillikka teng. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring