Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xatirchida bir necha savdo do‘konlari yonib ketdi

Xatirchida bir necha savdo do‘konlari yonib ketdi

8-noyabr kuni soat 23:12 da Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, «Navbahor» MFYda joylashgan savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 23:38 da bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra yong‘in natijasida kiyim-kechak, maishiy texnika, chinni-chinovor va boshqa do‘konlarning 120 kv.m maydonda do‘kon jihozlari, mahsulotlari, shift va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘indan imoratlarining 1500 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring