Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy armiyasi rahbariyati: «Urushga tayyorlaning!..»

Xitoy armiyasi rahbariyati: «Urushga tayyorlaning!..»

Xitoy Xalq ozodlik armiyasi rahbariyati askarlarni «urushga tayyorlanishga» chaqirdi. Bu haqda qisqacha xabar XXR 80-qo‘shma qurolli armiyasining  Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida e’lon qilindi, deb yozadi Global Times. 

«Urushga tayyorlaning!» chaqirig‘i AQSh Kongressi Vakillar Palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga rejalashtirilgan tashrifi fonida 12 soat ichida 300 000 dan ortiq layk va 19 000 izoh to‘pladi.

Nashrga bergan izohida Xitoy armiyasi vakillari bu armiya tashkil yetilganining 95 yilligiga to‘g‘ri kelganiga aytishgan. 

Nashrning yozishicha, ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu chaqiruvni qo‘llab-quvvatlab izoh qoldirishgan.

Eslatib o‘tamiz, Nensi Pelosining Tayvanga ehtimoliy tashrifi Xitoyda kuchli norozilik uyg‘otmoqda. XXR raisi Si Szinpin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon muloqotida «olov bilan o‘ynashmaslik kerakligini, u bilan o‘ynashgan kishi o‘zini yoqishini» aytib ogohlantirgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring