Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy boylari bir kunda 9 milliard dollar yo‘qotdi

Xitoy boylari bir kunda 9 milliard dollar yo‘qotdi

Xitoy boylari mamlakat rahbari Si Szinpin uchinchi muddatga Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi raisligiga saylangach, bir kunda 9 milliard dollar mablag‘ini boy berdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Eng katta yo‘qotish Tencent shirkati asoschisi Ma Xuateng (Poni Ma) hissasiga to‘g‘ri keldi: uning bisoti bir kunda 2,5 milliard dollarga kamaydi. Mamlakatning eng boy odami sanalgan  Chjun Shanshan  2,1 milliard dollar yo‘qotdi. BYD  shirkati yetakchisi Van Chuanfu esa 900 million dollardan ayrildi.

Moliyaviy yo‘qotishlarga siyosiy o‘zgarish ortidan xorijlik sarmoyadorlarning Xitoy shirkatlari qimmatbaho qog‘ozlarini ommaviy ravishda sotuvga chiqargani va yuan qadrsizlangani sabab bo‘lgan.

Sarmoyadorlar uchinchi muddatga saylangan rahbariyat boylar va xususiy biznesga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytiradi degan xavotirda shunday yo‘l tutgan.

So‘nggi vaqtlarda Chin o‘lkasida koronavirus tufayli joriy etilgan misli ko‘rilmagan cheklovlar oqibatida ham mamlakat boylari ulkan yo‘qotishga uchragani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 23 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining 20-chaqiriq birinchi majlisida XX  raisi Si Szinpin uchinchi muddatga bosh kotib lavozimiga saylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring