Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy emasmi? COVID-19 paydo bo‘lgan joy bahs keltirib chiqarmoqda

Xitoy emasmi? COVID-19 paydo bo‘lgan joy bahs keltirib chiqarmoqda

Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining sobiq bosh epidemiologi Szen Guanning ta’kidlashicha, koronavirus Uxan shahrida paydo bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

«Uxan – bu koronavirus aniqlangan joy, ammo u paydo bo‘lgan hudud emas», – dedi u ilmiy konferensiyada.

Olim Italiyada olib borilgan bir tadqiqotni misol keltirdi, unda go‘yoki 2019 yilning sentyabr va shu yilning mart oylari oralig‘ida Italiyada o‘pka saratoni skrining tadqiqotida to‘plangan qon namunalarida yangi virus turiga xos antitelalar topilgan.

Xabaringiz bor, Uxan shahri koronavirus pandemiyasi boshlangan joy sifatida qayd etib kelinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring