Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy rahbari Rossiyaga boradi

Xitoy rahbari Rossiyaga boradi

Xitoy raisi Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 20—22 mart kunlari Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Yetakchilar Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi sheriklik va o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishadi.

Pekin tomoni Si Szinpinning Rossiyaga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi, deb hisoblamoqda.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashrif ikki tomonlama munosabatlar rivojiga yangi turtki beradi.

Eslatib o‘tamiz, Si Szinpin yaqinda uchinchi muddatga Xitoy rahbari etib saylangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring