Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda koronavirusni aniqlash uchun sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi

Xitoyda koronavirusni aniqlash uchun sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi

Foto: «Reuters»

Xitoyda COVID-19 kasalligini aniqlash uchun sun’iy intellekt texnologiyasiga asoslangan kompyuter tomografiyasidan foydalanish boshlandi, deyiladi «Sinxua» xabarida.

«Virusli pnevmoniyalar turlarining tasvirlari juda o‘xshash, bu esa mediklarning vizual tekshiruv asosida tashxis qo‘yishlarini og‘irlashtirib yuboradi», — dedi tadqiqotchilar rahbari Syuy Bo.

Ishlanma mualliflariga ko‘ra, kompyuter algoritmlari yangi koronavirusni pnevmoniyaning boshqa turlaridan ajratib olishda yordam beradi.

«Keszi jibao» gazetasi yozishicha, tizim Xitoy saratonga qarshi kurash uyushmasi hamda Tyanszin shahridagi Milliy superkompyuter markazi hamkorligida yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda tizim Tyanszindagi Milliy kompyuter markazida sinovdan o‘tyapti. Eslatib o‘tamiz, Xitoyning birinchi superkompyuteri —  «Tianhe-1» shu markaz tomonidan ishlab chiqilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring