Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoydan O‘zbekistonga yangi charter reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda

Xitoydan O‘zbekistonga yangi charter reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

27-sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida «Zhejang Loong Airlines Co.Ltd» aviakompaniyasining «Sian-Toshkent-Sian» charter reysining ilk yo‘lovchilari tantanali ravishda kutib olindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi. 

Aviakompaniya rahbari Lyu I boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov kutib olgan.

«O‘zbekistonda yangi charter reys ochayotganimizdan xursandmiz, zero ushbu mamlakat biz uchun turistik yo‘nalish sifatida juda istiqbollidir. Shu bilan birga, barchamizga ma’lumki, yaqindagina Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari uchun O‘zbekistonga 7 kunlik muddatga vizasiz rejim yo‘lga qo‘yildi. Ishonchim komilki, viza rejimining bekor qilinishi hamda yangi reysning yo‘lga qo‘yilishi ikki mamlakat hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va sayyohlar oqimining oshishiga turtki beradi», - dedi Lyu I.

«Zhejang Loong Airlines Co.Ltd» aviakompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatiluvchi charter reys muntazam ravishda umumiy sig‘imi 173 kishini tashkil qiluvchi Airbus A320neo samolyotida amalga oshiriladi, parvoz vaqti 5 soatu 20 daqiqani tashkil qiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring