Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sog‘liqni saqlash sohasi rasmiysi Xitoyga ketuvchilarga tavsiyalar bilan chiqdi

Sog‘liqni saqlash sohasi rasmiysi Xitoyga ketuvchilarga tavsiyalar bilan chiqdi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan koronavirus bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazilganligi haqida xabar bergan edik.

Anjumanda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori, Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov Xitoy bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha shunday dedi:

— Xitoy bilan haftasiga 13 ta reys orqali  parvozlar yo‘lga qo‘yilgan. Xitoyning 4 ta shahri: Pekin, Urumchi, Sinyan, Chengdu shaharlariga havo yo‘llari qatnovi amalga oshiriladi. Kasallik avj olgan mamlakatlardan, umuman olganda barcha xorijdan kirib keluvchi fuqarolar va xorijga, xususan Xitoyga ish, o‘qish, turizm maqsadlarida boruvchilar maxsus emlashlardan o‘tishini tavsiya qilardim. Kasallikning yashirin davri 5 kun bo‘lib, xorijdan kirib keluvchi fuqarolarimiz va chet elliklardan uzluksiz shifokorlar bilan aloqada bo‘lib turishlarini so‘raymiz. 

SSV rasmiylariga ko‘ra, respublikamizdagi barcha xalqaro aeroportlarda tana haroratini o‘lchovchi uskunalar o‘rnatilib, mamlakatimiz hududiga kirayotgan har bir fuqaro ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring