Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xivada Chexiyalik sayyohning telefoni topib berildi

Xivada Chexiyalik sayyohning telefoni topib berildi

Joriy yilning 12 yanvar kuni, sayohat uchun Xiva shahriga kelgan Chexiya davlati fuqarosi Harris Eliska Xorazm viloyati Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga og‘zaki murojaat qilib, «Iphone se» rusumli qo‘l telefonini sayohat qilayotgan vaqtda, qaysidir manzilda unutib qoldirilganini va telefonni topishda amaliy yordam berilishini so‘ragan.

Xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, unutib qoldirilgan «Iphone se» rusumli telefon topildi va egasiga qaytarib berildi. Sayyoh Harris Eliska bilan suxbatlashilganida, u Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining muomila madaniyati va xizmat vazifalariga bo‘lgan munosabatini yuqori baholab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirishini, ushbu telefon u uchun juda qadrli ekani bildirdi.

Chexiya fuqarosi O‘zbekistonga kelib, madaniy meros obidalarini tomosha qilish jarayonida diqqatga sazovar joylarni aynan shu telefonda suratga olganini va suratlar juda muhim ekanligi sababli ham telefoni topilganidan hursand ekanini bildirdi.

IIV Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring