Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Homilador ayolning hayotini 6 yoshli o‘g‘li qutqarib qoldi

Homilador ayolning hayotini 6 yoshli o‘g‘li qutqarib qoldi

Angliyaning Stok-on-Trent shahrida xomilador ayol sepsis tufayli kutilmaganda xushidan ketib qoldi. O‘ttiz bir yoshli Niki Lyuis o‘sha vaqtda xomiladorlikning 26 haftasini boshidan o‘tkazayotgan bo‘lgan.

Ayol kech tushgandan so‘ng o‘zini yomon his qiladi va charchaganini ro‘kach qilib, uxlagani yo‘l oladi. Uning turmush o‘rtog‘i tungi vaqtda ishlagani tufayli soat 18.00da ishga ketgan edi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach 6 yoshli Maks onasidan xabar olgani keladi. U onasini uyg‘ota olmagandan so‘ng xolasiga Sonyaga qo‘ng‘iroq qiladi. Suhbat davomida onasi g‘alati nafas olayotgani tufayli qo‘rqib ketayotganini aytadi.

Sonya darhol tez yordamni chaqiradi va o‘zi ham Lyuislar uyiga yetib keladi. Maks shifokorlarni ichkariga kiritish uchun ancha urinishiga to‘g‘ri keladi. U stul yordamida yuqoridagi g‘aladondan kalitni oladi va uni pochta tuynugi orqali shifokorlarga uzatadi.

Niki darhol shifoxonaga olib borilgan va u yerda unga sepsis tashhisi qo‘yilgan. U bir hafta davolanishiga to‘g‘ri keldi. Niki o‘ziga kelib olgandan so‘ng, agarda o‘g‘lining tezkor harakatlari bo‘lmaganda hayotdan ko‘z yumishi muqarrar bo‘lganini yetkazishdi.

Oradan bir necha oy o‘tgach Niki qiz farzandni dunyoga keltirdi. Mahalliy nashrlardan biri Maksni «Bizning qahramonlarimiz» nominatsiyasiga munosib deb topdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring