Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijga ishga jo‘natishni va’da qilganlar ushlandi

Xorijga ishga jo‘natishni va’da qilganlar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIVning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.K. fuqaro Yu.ni 4500 AQSh dollari evaziga Koreya Respublikasiga ishga jo‘natishga kelishib, oldindan 2000 AQSh dollari va 10,9 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.N. fuqaro A.ni 2000 AQSh dollari evaziga Latviyaga ishga jo‘natishga ishontirib, oldindan 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tekshiruvda M.N. fuqaro A.A.ni ham Serbiyaga ishga jo‘natish evaziga 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-modda (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring