Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident nomiga kimlardan qutlovlar keldi?

Prezident nomiga kimlardan qutlovlar keldi?

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni qator xorijiy mamlakatlarning davlat rahbarlari va nufuzli siyosatchilari bilan telefon orqali muloqot qildi.

Xorijiy hamkorlar davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, Prezidentimizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat hamda aholi turmush darajasini tubdan oshirish, demokratik jamiyat institutlarini mustahkamlash, mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va xalqaro mavqeini yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohot va yangilanishlar strategiyasini amalga oshirishda katta muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston yetakchisining qisqa muddatda yurtimizning jahon mamlakatlari va ko‘p tomonlama tuzilmalari bilan sheriklik darajasini sezilarli oshirish, uni amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilgan pragmatik va faol tashqi siyosati alohida qayd etildi.

Bundan tashqari, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, bo‘lajak sammitlar, shu jumladan ShXT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa tuzilmalarning yig‘ilishlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir PutinTurkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anQozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart ToqayevQirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali RahmonOzarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkodan qutlovlar kelgani haqida avvalroq xabar berilgandi.

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev davlatimiz rahbari birodar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shganini ta’kidladi.

Suhbatda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib, O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi. Shu yilning 20-21 iyul kunlari Qirg‘izistonda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvining yakunlariga yuksak baho berildi.

*****

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga nufuzli global tashkilotlar rahbarlari va xorijiy yetakchilardan qutlovlar kelgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ta’kidlaganidek, “O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakat muhim islohotlar jarayonini amalga oshirish bilan bir qatorda iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarga hissa qo‘shmoqda».

Bosh kotib O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zosi sifatida inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilish bo‘yicha o‘z zimmasiga alohida majburiyat olganini qayd etdi.

«Birlashgan Millatlar Tashkiloti bundan buyon ham BMT nizomida mustahkamlab qo‘yilgan qadriyat va prinsiplarni ilgari surishda O‘zbekiston Respublikasiga tayanadi», deyiladi eng nufuzli global institut Bosh kotibining maktubida.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘z tabriknomasida «Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda turli sohalardagi yangilanishlar dadil amalga oshirilmoqda va Yangi O‘zbekistonni barpo etish ishlari keng quloch yozmoqda, bundan esa Xitoy tomoni juda mamnun», deb ta’kidlagan.

«Joriy yilda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanmoqda. O‘ttiz yil davomida Xitoy-O‘zbekiston munosabatlari uzluksiz rivojlanib, davlatlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.

Joriy yil fevral oyida Pekinda sermahsul uchrashuv o‘tkazdik va ikki tomonlama munosabatlarni yangi tarixiy voqelik sharoitlarida ilgari surish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdik.

Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdaman va Siz bilan o‘rtamizdagi mustahkam do‘stlikni qadrlayman. Ikki mamlakat va xalq farovonligi yo‘lida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga birgalikda harakat qilishga tayyorman», deb ta’kidlagan Rais Si Szinpin.

*****

Quyidagilar ham o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Armaniston Respublikasi Prezidenti Vaagn Xachaturyan;

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxaagiyn Xurelsux;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin;

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi Raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev;

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon;

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;

Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyev;

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikovich;

Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim;

Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring