Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev 60 nafar ehtiyojmand talabaning kontraktini to‘lashga ko‘maklashdi

Xushnudbek Xudoyberdiyev 60 nafar ehtiyojmand talabaning kontraktini to‘lashga ko‘maklashdi

Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining telegram kanalida e’lon qilgan maxsus aksiya orqari 60 nafar talabaning kontraktini to‘lashga ko‘maklashdi.

«Xabaringiz bo‘lsa kerak, kanalimiz orqali 30 sentyabrgacha davom etadigan talabalar uchun maxsus aksiya tashkil qilgan edik. Unga ko‘ra, tadbirkorlarimiz ilk marotaba @xushnudbek kanalida reklama joylashtirish imkoniga ega bo‘lishdi. Reklama evaziga esa, ehtiyojmand talabalardan birining kontraktini to‘lab berishi talab etildi», deb yozadi Xushnudbek.

Uning qayd etishicha, tadbirkorlar uchun talabalar ro‘yxati bloger tomonidan taqdim etildi, buning uchun maxsus anketa orqali mushtariylardan so‘rovlar qabul qilindi. O‘rtada shubha paydo bo‘lmasligi uchun tadbirkorlarni bevosita talabalarning o‘zi bilan bog‘lab berishga harakat qilingan.

Shaffoflikni ta’minlash maqsadida aksiya natijalari haqida ayrim ma’lumotlar berib o‘tildi.

Aksiya doirasida bugungi kungacha 60 nafar (47 nafar chin yetim, 13 nafar otasi vafot etgan) talabalarning to‘lov-shartnoma puli to‘lab berildi.

Hozirda yana 4 nafar talabaning kontraktini to‘lash jarayonlari ketmoqda.

To‘langan 60 nafar talabaning 59 nafari kunduzgi, 1 nafari sirtqi ta’limda o‘qiydi.

Kunduzgi ta’limda 49 nafar talabaga 1 yillik, 10 nafar talabaga yarim yillik kontrakt to‘landi (barchasi stipendiyali ko‘rinishda). 1 nafar sirtqi ta’lim uchun yarim yillik to‘lab berildi.

Kurslar kesimida:

1-kurs: 22 nafar

2-kurs: 11 nafar

3-kurs: 18 nafar

4-kurs: 7 nafar

5-kurs: 2 nafar

Hududlar kesimida:

  • Farg‘ona  10
  • Samarqand  8
  • Buxoro  5
  • Qoraqalpog‘iston  5
  • Toshkent viloyati  5
  • Jizzax  4
  • Qashqadaryo  4
  • Xorazm  4
  • Andijon  3
  • Navoiy  3
  • Namangan  3
  • Sirdaryo  2
  • Surxondaryo  2
  • Toshkent shahri 2

To‘langan 60 nafar talabalar OTMlar kesimida:

  1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (4 nafar)
  2. Farg‘ona davlat universiteti (4)
  3. Qoraqalpoq davlat universiteti (3)
  4. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (3)
  5. O‘zbekiston milliy universiteti (3)
  6. Buxoro davlat universiteti (2)
  7. Jizzax davlat pedagogika instituti (2)
  8. Qarshi davlat universiteti (2)
  9. Qo‘qon davlat pedagogika instituti (2)
  10. Navoiy davlat pedagogika instituti (2)
  11. Nukus davlat pedagogika instituti (2)
  12. Samarqand davlat tibbiyot instituti (2)
  13. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (2)
  14. Farg‘ona politexnika instituti (2)
  15. Chirchiq davlat pedagogika instituti (2)
  16. «Ipak yo‘li»xalqaro turizm universiteti
  17. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
  18. Guliston davlat universiteti
  19. Navoiy davlat konchilik instituti
  20. Namangan muhandislik-qurilish instituti
  21. Samarqand davlat tibbiyot instituti
  22. Samarqand davlat universiteti
  23. TATU Nukus filiali
  24. TerDU Denov filiali
  25. Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti
  26. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
  27. Toshkent davlat agrar universiteti
  28. Toshkent davlat texnika universiteti
  29. Toshkent davlat yuridik universiteti
  30. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
  31. Toshkent moliya instituti
  32. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti
  33. Toshkent farmatsevtika instituti
  34. TTA Urganch filiali
  35. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
  36. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
  37. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
  38. Sayid Muhiddin Mahdum o‘rta maxsus islom bilim yurti

«Umid qilamizki, ushbu talabalar kelgusida o‘z kasbining mohir egalari bo‘lib yetishadi va jamiyatimiz rivojiga katta foydasi tegadi!» deyiladi xabarda.

Blogerning izoh berishicha, «axir kanalda buncha ko‘p reklama chiqmadi-ku» deya hayron bo‘lgan. «Ha, shunday, chiqqan reklamalar soni ancha kam, to‘langanlar ko‘p. Bunga bir qancha sabablar bor. Avvalo ayrimlar reklamani rad etishib, shunchaki ehson qilishdi. Masalan, ro‘yxatdagilarning 80 foiziga bitta kompaniya to‘lab berdi va nomi sir qolishini istadi. Shuningdek, ayrim reklamalar hali chiqmadi, navbati bilan e’lon qilinadi. Bor gap shu», — deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring