Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir soha xodimlari uchun arzon uy-joylar quriladi

Yana bir soha xodimlari uchun arzon uy-joylar quriladi

Foto: «Xabar.uz»

Respublikada o‘rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–4424-son, 23.08.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan:

  • O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi;
  • Qo‘mita tizimiga kiruvchi budjet tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari 1,5 koeffitsiyentga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, oliygohlarning o‘rmonchilik yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan paytda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan talabalarning to‘lov-kontrakt pullari keyinchalik Qo‘mita tizimidagi tashkilotlarda kamida 5 yil ishlab berish sharti bilan to‘lab beriladi.

Shuningdek, soha xodimlarini imtiyozli shartlarda turar joy bilan ta’minlash maqsadida Darxon ilmiy-tajriba stansiyasi hududida ko‘p qavatli arzon uy-joylar quriladi.

Qaror bilan 2020–2024-yillarda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring