Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir toifa abituriyentlarga o‘qishga kirishda imtiyoz berilishi mumkin

Yana bir toifa abituriyentlarga o‘qishga kirishda imtiyoz berilishi mumkin

Hukumatning 1978-1989-yillarda Afg‘oniston hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan fuqarolar farzandlarini kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berishga oid qarori loyihasi e’lon qilindi.

Mazkur nizomda belgilanishicha, Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 10-5-1-band bilan to‘ldiriladi.

Ya’ni «Afg‘on urushi» qatnashchilari farzandlari uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklidagi ta’lim yo‘nalishlariga davlat granti asosida belgilangan umumiy qabul kvotalarining ikki foizi miqdorida davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul kvotalari ajratiladi.

Ajratilgan davlat granti asosidagi qo‘shimcha ikki foizli kvota doirasida Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan ushbu toifadagi abituriyentlar to‘plagan bali bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda birinchi sifatida tanlagan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etiladi.

Ajratilgan davlat granti asosidagi qo‘shimcha (ikki foizli) kvota o‘rinlariga qabul qilinmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan o‘zlari tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.

Ma’lumot uchun, 2022/2023-o‘quv yiliga qabul jarayonlari holatiga O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlarida ayrim toifa abituriyentlar uchun 43 xil turdagi imtiyozlar berilgan.

Jumladan:

  • Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish

uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar – 15 ta;

  • Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish

uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar – 4 ta;

  • Tegishli fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berishga asos bo‘luvchi imtiyozlar – 5 ta;
  • To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar – 2 ta;
  • Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar – 13 ta;
  • Qo‘shimcha imtiyozlar – 4 ta.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring