Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokurorning sobiq birinchi o‘rinbosari yangi lavozimga tayinlandi

Bosh prokurorning sobiq birinchi o‘rinbosari yangi lavozimga tayinlandi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tegishli farmoyishiga asosan, Abduhalim Xolmaxmatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Faoliyati davomida A.Xolmaxmatov prokuratura va sud-huquq tizimida bir qator lavozimlarda faoliyat yuritgan. Lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Alisher Usmonov, Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Davron Hidoyatov ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Prezident farmoni bilan Abduhalim Xolmaxmatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring