Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi yil bayrami sabab Samarqandda ko‘chalar yopiladi

Yangi yil bayrami sabab Samarqandda ko‘chalar yopiladi

Yangi yil bayrami munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Samarqand shahar hokimining 2022-yil 19-dekabrdagi farmoyishiga binoan Yangi yil bayramini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, «Prezident archasi» tadbirini tashkil etish yuzasidan shaharning quyidagi ko‘chalarida 2023-yilning 5-yanvariga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi:

  • Universitet xiyobonidagi Amir Temur haykali oldidan viloyat musiqali drama teatriga kirish ko‘chasi va Ko‘ksaroy maydonida;
  • Alisher Navoiy va Kamol ota Turk ko‘chasi kesishmasida;
  • Beruniy ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Temiryo‘l vokzali maydonigacha;
  • Turkiston ko‘chasining TATU Samarqand filiali akademik litseyi binosi oldidan o‘tgan 200 metr qismida;
  • Kimyogarlar qo‘rg‘oni Umid ko‘chasining Ziyokorlar ko‘chasi bilan kesishgan tutashmasidan Darg‘om ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Kimyogarlar qo‘rg‘oni Darg‘om ko‘chasining «Nurafshon» san’at saroyi oldidan o‘tgan qismida;
  • Xishrav qo‘rg‘oni Zakovat ko‘chasining Almati ko‘chasi bilan kesishmasidan Mevali ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Xishrav qo‘rg‘oni Zakovat ko‘chasining 2-Madaniyat va dam olish markazi binosi oldidan o‘tgan qismida;
  • Farhod qo‘rg‘onidagi «Zarafshon» istirohat bog‘iga tutash ko‘chalarda;
  • Qorasuv massividagi 99-116 uylar oldidan o‘tuvchi tutash ko‘chalarda.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring