Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yilning ilk haftasida ob-havo qanday bo‘ladi?

Yangi yilning ilk haftasida ob-havo qanday bo‘ladi?

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlaridan antitsiklon kirib kelishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, shuningdek ayrim tog‘li hududlarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Front o‘tishida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi.

O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Ertaga antitsiklon respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi, O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17-22 m/s gacha kuchaygan shamol ba’zi joylarda hali ham esadi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

4-yanvarda antitsiklon chekina boshlaydi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi saqlanib turadi.

Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

5-yanvarda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 7-12 daraja iliqgacha, mamlakatimizning janubida 15 daraja iliqgacha ko‘tariladi, kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Haftaning oxiriga kelib, mamlakatimizga Turkmaniston hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 6-yanvarda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechalari 4-7 daraja iliqgacha ko‘tariladi, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ushbu kunlarda kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.

2-4-yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring