Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli «ustabuzarmon» yap-yangi «Xiaomi Mi 11»ni yorib ko‘rdi (video)

Taniqli «ustabuzarmon» yap-yangi «Xiaomi Mi 11»ni yorib ko‘rdi (video)

Skrinshot

JerryRigEverything yutub-kanali yurituvchisi Zak Nelson yaqinda global bozorga chiqqan «Xiaomi Mi 11» flagmani ichida nimalar borligiga qiziqdi.

Smartfonning ort panelini yechishingiz bilan (Zak smartfonni ayab o‘tirgani yo‘q) ko‘zga ko‘rinadigan birinchi narsa — misdan yasalgan salmoqligina quvvatlash paneli. «Mi 11» simsiz quvvatlanishi va 50 Vt.gacha kuchlanishga bardoshliligini ta’minlaydigan narsa shu.

Telefon korpusidagi qismlar yashil vintlar bilan qotirilgan.

Kamera blokining ichki tomoni metalldan yasalgan. 4600 mAs batareyasi yaxlit ko‘ringani bilan ikki bo‘lakdan iborat. Bu smartfonning qayta quvvatlanish tezligini oshiradi.

Smartfonning juda ko‘p mis, termoplast, grafit plyonka ishlatilgan mukammal sovitish tizimiga ham Zak yaxshi baho berdi.

Batafsil video quyida (ingliz tilida).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring