Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya janubida Panama kemasi cho‘kib ketdi

Yaponiya janubida Panama kemasi cho‘kib ketdi

Illyustrativ foto

Yaponiyaning Okinava oroli janubida Panama bayrog‘i ostida suzib kelayotgan kema cho‘kib ketdi, deyiladi NHK telekanali bergan xabarda.

Janubiy Xitoy dengizida, Naxa shahri (Okinava prefekturasi, Ryukyu arxipelagi)dan taxminan 870 kilometr olisda sodir bo‘lgan voqea joyiga yapon qutqaruvchilari yo‘l olgan.

Ma’lumotga ko‘ra, kema ekipaji (jami 22 kishi) qutqaruv qayiqlariga tushib jon saqlab qolgan. Hodisa tafsilotlari haqida hozircha boshqa ma’lumot yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring