Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyadagi maktabda koronavirusning yangi o‘chog‘i aniqlandi

Yaponiyadagi maktabda koronavirusning yangi o‘chog‘i aniqlandi

Foto: TASS

Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi Kyushu orolidagi Kitakyushu shahrida boshlang‘ich maktabda koronavirus infeksiyasining yangi o‘chog‘i aniqlangani ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, oldinroq Kitakyushu meri koronavirus infeksiyasining yangi o‘choqlari qayd etilishi munosabati bilan kasallikning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qilgan edi. Shifokorlar infeksiyaning tarqalishining manbalarini aniqlay olmagan. Ayni paytda shaharda so‘nggi to‘qqiz kun ichida koronavirus infeksiyasining 97 holati qayd etilgan. Bu mamlakatda so‘nggi bir yarim oylik ko‘rsatkichdan yuqoridir.

Kasallikning qaytadan tarqalishi xavfi tufayli Kitakyushu ma’murlari 31-maydan 18-iyungacha kutubxonalar, muzeylar, teatrlarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy va madaniy ob’yektlarni yopishdi. Boshlang‘ich va o‘rta maktablarda o‘quvchilar uchun qisqartirilgan o‘quv kuni joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalinganlarning umumiy soni 17 624 nafarni tashkil etadi. Epidemiya boshlangandan beri mamlakatda 910 kishi vafot etgan, yana 120 bemor og‘ir ahvolda. 15 113 kishi kasallikdan tuzalgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring