Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada Olimpiya mash’alasi estafetasiga 25-martda start beriladi

Yaponiyada Olimpiya mash’alasi estafetasiga 25-martda start beriladi

Foto: «Vesti»

Yaponiyada Olimpiya mash’alasi estafetasiga 25-mart kuni start beriladi va koronavirusga qarshi kuchli himoyalangan sharoitda o‘tkaziladi. Bu haqda Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi ma’lum qildi.

Estafetaga ikki hafta qolganida barcha ishtirokchilar restoranlarga borish, boshqalar bilan muloqotlardan tiyilib turishlari hamda o‘z salomatliklari holati haqida kundalik tutishlari talab etiladi.

Qolaversa, jurnalistlar va mash’alachilar start vaqti va estafeta yo‘nalishlari haqida oldindan muayyan axborot tarqatishlari taqiqlangan. Bunga startga yarim soat qolganida ruxsat beriladi. Maqsad — odamlar bir joyda ko‘p to‘planishining oldini olish. Reja ish bermagan taqdirda estafeta to‘xtatilishi ham mumkin, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring