Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyadagi tabiiy ofat qurbonlari soni 15 nafarga yetdi

Yaponiyadagi tabiiy ofat qurbonlari soni 15 nafarga yetdi

Foto: «YouTube»

Janubi-g‘arbiy Yaponiyada kuchli yomg‘ir oqibatida suv toshqinlari yuzaga kelgani haqida videoxabar bergandik. «Argumenti.ru» Yaponiya televideniyesiga asoslanib xabar berishicha, ushbu tabiiy ofat qurbonlari soni ayni paytga kelib 15 nafarga yetgan.

Xabarga ko‘ra, Kumagava daryosi o‘zanidan chiqib ketganidan so‘ng Kumamura qishlog‘ida joylashgan qariyalar uyini suv olgan. Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar klinik o‘lim alomatlariga ega 14 ta jasadni topishdi.

Bungacha Akisita qishlog‘ida ko‘chki oqibatida bir inson halok bo‘lgandi.

Hozirga kelib bedarak yo‘qolgan to‘qqiz kishi qidirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring