Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyaning eng keksa malikasi shifoxonaga yotqizildi

Yaponiyaning eng keksa malikasi shifoxonaga yotqizildi

Foto: «24.kz»

Yaponiyada imperator oilasining eng keksa a’zosi, malika Yuriko Mikasa Tokio shifoxonasiga yotqizildi. Shifokorlar unga «yurak bo‘lmasi fibrillyasiyasi» tashxisini qo‘yishdi. Bu haqda imperator saroyi ma’muriyatiga asoslanib Kyodo xabar berdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 97 yoshli Yurikoning ahvoli og‘ir deb baholanmayapti. U bir hafta shifokorlar nazoratida bo‘lishi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, malika o‘tgan yili kuzda ham shifoxonaga tushgandi. O‘shanda unga pnevmoniya va yurak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Ikki haftadan so‘ng imperator oilasi a’zosi shifoxonadan chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Yuriko Mikasa Yaponiyaning faxriy imperatori Akixitoning ammasi va mamlakatning amaldagi imperatori Naruxitoning amma-buvisi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring