Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaqin kunlarda qanday ob-havo kuzatilishi e’lon qilindi

Yaqin kunlarda qanday ob-havo kuzatilishi e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati yangi hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Bugun respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kunduzi 13-18°ni tashkil etadi, janubda va cho‘l hududlarda 19-21° gacha bo‘ladi.

Ertaga respublika shimoliga nam bulutli massivlar kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va kechga tomon Xorazm viloyati bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 2-7° iliqni, kunduz kuni 16-21° ni tashkil yetadi, janubda va cho‘l hududlarida 23-25° gacha bo‘ladi.

Chorshanba kuni mamlakatimizning barcha hududlari nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shimoli-g‘arbiy hududlarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi harorat 12-17° gacha pasayishi kutilmoqda.

Payshanba va juma kunlari respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 5-10° ni, kunduz kunlari 12-17° ni tashkil etadi.

31-oktabr 2-noyabrda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring