Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaqin qarindoshlar mashinani ishonchnomasiz haydashi mumkin

Yaqin qarindoshlar mashinani ishonchnomasiz haydashi mumkin

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan.

Anjumanda quyidagicha savol berilgan:

— Yaqin qarindoshlar ishonchnomasiz mashina boshqarishi mumkinmi? Prezident qarorida 1-oktyabrdan mumkin deyildi. Lekin hozircha qonunosti hujjatlariga o‘zgarish kiritilmadi, tartibi tasdiqlanmadi. Shunga ko‘ra, fuqarolarimiz bugun yaqin qarindoshlarining mashinalarini ishonchnomasiz boshqara oladimi?

Ushbu savolga IIV YHXBB matbuot xizmati rahbari Akmal Yunusov javob bergan:

— Haqiqatan hozirda qaror loyihalari tasdiqlanish arafasida. Shunga qaramasdan, bugungi kunda ham fuqarolar sug‘urta polisida ism-familiyasi ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki sug‘urta polisi umumiy bo‘lsa, yaqin qarindoshlarining mashinalarini ishonchnomasiz boshqarishi mumkin, bunga to‘sqinlik yo‘q.

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning qo‘shimcha qilishicha, agar sug‘urta polisi umumiy olingan bo‘lsa va unda familiyalar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda yaqin qarindoshlikni isbotlash tartibi qanday bo‘ladi, degan savolga hali rasmiy hujjat qabul qilinmagani uchun aniq javob berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring