Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yarim final uchrashuvi: Angliyadan necha kishi keladi?

Yarim final uchrashuvi: Angliyadan necha kishi keladi?

Foto: «Sport-Ekspress»

O‘n mingdan ziyod angliyalik futbol muxlisi Angliya – Xorvatiya terma jamoalarining yarim final uchrashuvini tomosha qilish uchun keladi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«Biz bu yerga kelganimizdan juda baxtiyormiz, terma jamoamizning yarim finalga chiqishini kutmagan edik. Bu yerda uzoqroq qolamiz deb umid qilaman. Muvaffaqiyatsizlikka uchrasak, uyga qaytib ketamiz. Ertasi kuni ertalab soat oltiga bilet buyurtma qilib qo‘ganman», – deydi futbol muxlislaridan biri.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, futbol muxlislari Moskvagacha barcha aviachiptalarni band qilib qo‘ygan (chipta narxi 1,2 ming funt sterlingdan boshlanadi). Hatto stadion biletlari ham tugab ketgan (o‘yinga kirish uchun chiptalar 1,5 mingdan 11 ming funt sterlinggacha).

Avval xabar qilganimizdek, chorak finalda Angliya terma jamoasi Shvetsiyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Ertaga Moskva vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadigan yarim final uchrashuvida Angliya terma jamoasi Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring