Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahrida 16 tup daraxtlar tag tomiri bilan kesib tashlangani aniqlandi

Toshkent shahrida 16 tup daraxtlar tag tomiri bilan kesib tashlangani aniqlandi

 

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 10 dan ortiq daraxt tag tomiri bilan kesib tashlangan. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

O‘rganishlar davomida qurilish tashkiloti hududi ko‘zdan kechirilganda 16 tup turli qimmatbaho bo‘lgan daraxtlarning noqonuniy ravishda tag qismidan kesib tashlanganligi aniqlangan.

 

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 37-moddasi talablari buzilib, o‘simlik dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 514 mln 200 ming so‘mni tashkil etmoqda.

 

O‘rganish natijasi bo‘yicha to‘plangan materiallar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, tuman prokuraturasiga taqdim etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring