Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV «Yilning eng yaxshi shifokori» tanlovi g‘oliblarini taqdirladi

SSV «Yilning eng yaxshi shifokori» tanlovi g‘oliblarini taqdirladi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida tibbiyotning turli yo‘nalishlarida o‘tkazilgan «Yilning eng yaxshi shifokori» respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Tadbirni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ochdi.

Sohani moliyalashtirish hajmi ham bir necha barobarga oshirildi. Masalan, 2017-yilda sohaga 7,1 trillion so‘m yo‘naltirilgan bo‘lsa, 2019-yilda sohaga 12,1 trillion so‘m yo‘naltirildi. Shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda tibbiyot ob’yektlarini qurilish-ta’mirlash ishlariga ajratilayotgan mablag‘lar miqdori 3 barobarga ortdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Tibbiyot xodimlarining ana shunday halol mehnatini munosib rag‘batlantirish davlatimizning doimiy e’tiborida. Keyingi yillarda soha xodimlarining oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirilmoqda. Joriy yilning o‘zida Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan hamda Tibbiyot xodimlari kuni arafasida jami 95 nafar tibbiyot xodimlarining davlatimizning yuksak unvon va mukofotlariga sazovor bo‘lgani soha xodimlarining sharafli va mas’uliyatli mehnati davlatimiz va xalqimiz tomonidan nechog‘lik yuksak e’tirof etilayotganining yaqol isbotidir.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tayotgan «Yilning eng yaxshi shifokori» tanlovi ham tibbiyot xodimlarining mehnatini qadrlash, ularni munosib rag‘batlantirish, tizimda orttirilgan ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirishda muhim o‘rin tutmoqda. Tanlov bu gal har yilgidan ko‘ra ham yuqori saviyada va keng miqyosda o‘tkazildi. Bu yil birinchi marta 39 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Joriy yilda tanlovda tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda ilk bor tibbiyot ilm-fani rivojiga munosib ulush qo‘shayotgan olimlar, tadqiqotchilar hamda farmatsevtika sohasi vakillari ham ishtirok etdi. Ya’ni, «Yilning eng yaxshi professori», «Yilning eng yaxshi izlanuvchi-tadqiqotchisi», «Yilning eng yaxshi ilmiy xodimi», «Yilning eng yaxshi dotsenti», «Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi» nominatsiyalarida tibbiyotning dolzarb masalalari bo‘yicha samarali izlanish olib borayotgan, tibbiy ta’limda yaxshi natijalarga erishayotgan olimlar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar rag‘batlantirildi.

Tadbirda tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘olib va sovrindorlari «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni, diplom, statuetka, esdalik sovg‘alar va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring