Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yirik savdo do‘konlari va dorixonalardagi narx-navolar ham nazoratga olindi - Bosh prokuratura

Yirik savdo do‘konlari va dorixonalardagi narx-navolar ham  nazoratga olindi - Bosh prokuratura

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Mamlakatda COVID - 19 koronavirusi infeksiyasi keng tarqalishini oldini olish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash sharoitida Toshkent shahar dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligiga hamda narx-navoning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingani xabari berilgan edi.

Shu maqsadda tegishli hududlarga biriktirilgan Bosh prokuratura mas’ul xodimlariga endi yirik savdo do‘konlari va dorixonalarda zarur tibbiyot vositalar ta’minoti va narxlar sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi ham topshirildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov qo‘shimcha ravishda ma’lum qildi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bosh prokuratura mas’ullari bozorlar, savdo do‘konlari va dorixonalarga yetkazib berilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi, savdo qoidalariga rioya etilishi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan ham nazorat tadbirlarini olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring