Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘lak to‘la murdalar videosi O‘zbekistonda olingani tasdiqlandi. Ammo...

Yo‘lak to‘la murdalar videosi O‘zbekistonda olingani tasdiqlandi. Ammo...

Videolavhadan skrinshot

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonaning yo‘lagi to‘la murdalar aks etgan video lavha tarqalgan edi. «Hudud» yoshlar informatsion dasturida ushbu video Respublika patologik anatomiya markazida tasvirga olingani ma’lum qilindi.

«28 iyun kuni Rossiyadan charter reysida «Gruz-200» ko‘rinishida 16 ta murda kelgan edi. Murdalarni barchasi tobutlarda kelgan. Biz yashiklarni ochib, murdalarni yuvib, tozalab, tikadigan joyini tikib, dezinfeksiyalab, kafanlab qarindosh-urug‘lariga berishimiz kerak», – deydi markaz vakili jurnalist bilan suhbatda.

Uning izoh berishicha, bu video xorazmlik talabalar tomonidan tasvirga olingan bo‘lib, oilasiga qayerda ishlayotganini ko‘rsatish uchun yuborilgan. Shundan so‘ng video 18 iyul kuni Xorazm orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

«Ushbu holatning koronavirusga aloqasi yo‘q», deydi markaz vakili.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring