Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yoshlar onlayn fan olimpiadasi» g‘oliblari taqdirlandi

«Yoshlar onlayn fan olimpiadasi» g‘oliblari taqdirlandi

OLIYGOH.UZ jamoasi tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlar intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Respublika miqyosida yoshlar o‘rtasida «Yoshlar onlayn fan olimpiadasi» tashkil etildi.

Ushbu olimpiadada ishtirok etgan nomzodlarga Ingliz tili (Elementary, Intermediate, Advanced darajalarda), Huquq (Konstitutsiyaviy huquq), Kompyuter bilimlari (Kompyuter umumiy savodxonligi) va IQ (Mantiqiy savollar) fanlaridan imtihon savollari berildi. Ishtirokchilarning har biriga 60 tadan savol taqdim etilib, savollarga javoblarni belgilash uchun 1 soat vaqt berildi.

Olimpiadada Respublikamizning turli burchaklaridan jami 1200 dan ziyod iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi hamda g‘oliblik uchun kurashishdi.

Ishtirok etgan nomzodlar orasidan eng kuchlilar saralandi hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarimiz pul mukofotlari va maxsus QR-kodli DIPLOMLAR bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: Erkinov Akbarshox

Xorazm viloyatidan, Toshkent moliya instituti talabasi.

2-o‘rin: Rahmatov Baxtiyor

Qashqadaryo viloyatidan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi.

3-o‘rin: Axmedov Mirjalol

Samarqand viloyatidan, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti magistranti.

Olimpiadada ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Ushbu musobaqa OLIYGOH.UZ  jamoasi tomonidan tashkil etilgan 1-olimpiada bo‘lib, keyingi olimpiadalar ONLINE vaOFFLINE shaklda katta masshtabda o‘zgacha ruhda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring